"Napoli" so'nggi 6 ta o'yindan 4 tasida yutqazdi

Aziz Tukhtamuradov
9 dek 2023, 08:32
"Napoli" so'nggi 6 ta o'yinda bor-yo'g'i 1 marotaba g'alaba qozona oldi.

Malter Madzarri jamoasi kecha A Seriyaning 15-turi doirasida "Yuventus"ga ham mag'lub bo'ldi (0:1).

Neapolliklar o'yin davomida faqatgina bir marotaba raqib darvozasi tomon aniq zarba berishdi. 

Italiyaning amaldagi chempionlari 8 noyabrdan buyon 4 marotaba mag'lub bo'lishdi. Bu oraliqda shuningdek jamoa "Atalanta"ni mag'lub etib, YCHL doirasida "Union" bilan durang o'ynadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta