"Napoli" Reynani sotib olishga qaror qildi

Tolibjon Qosimov
19 fev 2014, 17:18
Sky Sport Italia xabar berishicha, "Napoli" rahbariyati ispaniyalik darvozabon Pepe Reynaning transfer huquqini to'liq sotib olishga qaror qildi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi hozircha "Liverpul"ga tegishlidir va neapolliklar tarkibida ijara asosida harakat qilmoqda. Mersisaydliklar posbonni 4 million funt sterling evaziga sotishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilmoqda.

Bu boradagi muzokaralar hali boshlanmagan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net