"Napoli" muxlislari futbolchilarni tanqid qilishdi

Sherzod Nurmatov
24 noya 2023, 11:14
Jamoa yaxshi natijalarga ega emas.

"Napoli" futbolchilari muxlislar tanqidiga uchradi, deya xabar berdi "Ansa". Muxlislar stadion yaqiniga "Murabbiy pul to'ladi, lekin hamma o'yinchilarga tushunarli bo'lsin: chempionlikni qo'lga kiritish jazosiz qoldirishga sabab bo'lmaydi", degan yozuv bilan banner osib qo'yishdi.

Shu tariqa, muxlislar chempionlik mavsumidan so'ng jamoaning natijalaridan norozi ekanliklarini ochiq aytishdi. Neapolliklar ayni damda A Seriya turnir jadvalida peshqadam "Inter"dan 10 ochko ortda qolib, 4-o'rinni egallab turishibdi. "Adzurri" Chempionlar Ligasida hali guruhdan chiqishni kafolatlab olishmadi.

"Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis Rudi Garsiyani bosh murabbiy lavozimidan bo'shatdi. Uning o'rnini Valter Maccarri egalladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ansa