"Napoli" "Manchester Siti" futbolchisiga qiziqmoqda, lekin...

Aslanov Jasurbek
17 iyun 2025, 00:56
"Napoli" Jek Grilishga qiziqmoqda, ammo uning maoshini to'liq to'lashga tayyor emas.

The Telegraph ma'lumotlariga ko'ra, Italiya klubi 29 yoshli yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda.

Biroq "Napoli" Grilishning "Siti"da haftasiga taxminan 300 ming funt olayotgan maoshini to'liq to'lab bera olmaydi. Avvalroq, "Manchester Siti" yarim himoyachi uchun 50 million funt so'ragan, ammo hozircha takliflar kelib tushmagani xabar qilingan edi.

Xabarlarga ko'ra, Grilish boshqa klubga ijara asosida o'ta olishi uchun "Siti" futbolchi maoshini 50% gacha qoplashi kerak bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph