"Napoli" Kulibali uchun 70 mln evro xohlamoqda, "Siti" esa bu narx oshirib yuborilgan deb hisoblamoqda

Alisher
31 avg 2020, 17:18
"Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibali klubini o'zgartirishi mumkin.

O'yinchi "Manchester Siti" bilan shartnoma imzolashga yaqin. "Napoli" futbolchi uchun 70 mln evro talab qilmoqda, ingliz klubi esa bu narxni baland deb hisoblamoqda.

Kulibali "Napoli" rahbariyatini narxni tushirishga chaqirishni rejalashtirmoqda. "Man Siti" Kulibali bilan bo'layotgan muzokaralarda faollikni pasaytirdi, sababi klub Messiga e'tiborini qaratgan.

Xabarlarga ko'ra, "Siti" Kulibali bilan 50 million evrolik 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN