"Napoli" - "Inter" o'yini ham boshqa muddatga ko'chirilishi mumkin

Alisher
4 mar 2020
Italiya Kubogi 1/2 final doirasidagi "Napoli" - "Inter" o'yini boshqa muddatga ko'chirilishi mumkin.

Javob o'yinini bo'sh tribunalar ostida o'tkazish varianti ham yo'q emas.

Bundan tashqari, "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis o'yinni muxlislarsiz o'tishiga qarshi, u faqatgina o'yin ko'chirilishiga rozi.

Eslatib o'tamiz, yarim finalning dastlabki bahsida "Napoli" mehmonda "Inter"ni 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.


AlisherMuallif
Manba: La Repubblica