"Napoli" Ikardiga qancha maosh to'lamoqchi ekani ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
11 avg 2019, 10:26
"Napoli" hali ham "Inter" hujumchisi Mauro Ikardiga bo'lgan qiziqishlarini yo'qotmagan.

AS xabariga ko'ra, neapolliklar argentinalik hujumchi uchun yiliga 10 million evro maosh to'lashga tayyor turishibdi. Hozirda uning xizmatlariga "Yuventus" ham qiziqish bildirmoqda.

Ikardining "Inter" bilan shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi. Uning transfer narxi 80 million evroga baholanmoqda.

O'tgan mavsumda u jamoasi tarkibida 37 o'yinda qatnashib, 17 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS