

Neapolliklar qishki transferlar vaqtida SPALdan Andrea Petanya transferini e'lon qilgandi. Unga ko'ra, Petanya mavsumni SPALda tugatib qo'yishi lozim edi. Ma'lum bo'lishicha, “Napoli” “Torino”dan Andrea Belottini olib kelishga jiddiy bel bog'lagan. Buning uchun klub turinliklarga Petanya bilan mablag' taklif qilgan holda Belottini o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirilgan.
Ma'lumot uchun, Petanya transferi uchun neapolliklar 18 mln evro to'lab qo'ygan.



