"Napoli" Azmunga 5 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor

Tolibjon Qosimov
20 apr 2020, 06:43
"Zenit" hujumchisi Sardor Azmun faoliyatini "Napoli"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, neapolliklar 25 yoshli eronlikni jamoa forvardi Arkadiush Milikning o'rniga xarid qilishmoqchi. Milikka "Yuventus" qiziqib qolgan.

"Napoli" Azmunga 5 yilga mo'ljallangan shartnoma taklif qilishga tayyor.

Oldinroq, hujumchiga "Atletiko", "Lester" va "Vest Xem" ham da'vogarlik qilayotgani xabar qilingandi. "Zenit" futbolchi uchun 35 million evro olmoqchi.



Joriy mavsum Azmun "Zenit" tarkibida Rossiya chempionatida 21ta o'yin o'tkazdi va 10ta gol urib, 6ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira