Nani: "Valensiya"ga ko'nikish oson bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
16 iyul 2016, 10:45
"Valensiya" yarim himoyachisi Luish Nani yangi jamoasiga tez ko'nikib ketishini aytdi.

"Valensiya"ni tanladim, chunki bu klub faoliyatimda davom ettirish uchun ajoyib joy. "Valensiya" - istiqbolga ega buyuk klub. Bu yerda o'zingizni yaxshi his qilishingiz uchun hamma sharoit yaratilgan. Ispaniya LaLigasi - buyuk chempionat.

Ko'nikishim uchun biroz vaqt kerak, ammo bu qiyin bo'lmaydi. Men uchun muxlislar qo'llovini his qilish juda muhim. Ularni xursand qila olaman degan umiddaman" - deydi Nani.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana