Nainggolan sobiq klubiga qaytishi mumkin

17 iyul 2019, 21:20
Italiyaning "Kalyari" jamoasi "Inter" yarim himoyachisi Radja Nainggolanni o'z safiga qo'shib olishni istamoqda.

Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatdi. 31 yoshli belgiyalik "Inter" bosh murabbiyi Antonio Kontening rejalariga kirmayotgani, u "neradzurrilar" bilan hamkorlikni davom ettirmasligini bildiradi. 

Qayd etish kerak, Radja 2010-2014 yillarda "Kalyari" safida o'ynagan. 2014 yili esa u Rimning "Roma" klubiga o'tdi va 4 mavsum "bo'rilar" sharafini himoya qilgan.

O'tgan mavsum Nainggolan A Seriyaning 29 o'yinida "Inter" uchun 6 ta gol va 3 ta assistni qayd etdi.


O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia