

Uchrashuvdagi hisobni "bo'rilar" yarim himoyachisi Radja Nainggolan ochdi. Shu tariqa, belgiyalik futbolchi Italiya A seriyasida ketma-ket 4 uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qilishga erishdi.
Bundan oldin Radja "Fiorentina", "Krotone" va "Torino" bilan bahslarda gol urgandi.




