Nainggolan "Inter"dan ketishga tayyor

Mirjalol Normatov
28 iyul 2019
"Inter" yarim himoyachisi Raja Nainggolan klubni tark etishga tayyor.

Italiyalik jurnalist Fabricio Romano taqdim qilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi klub rahbarlari bilan gaplashib olgan. Ular xavbekni ushbu yozdayoq sotib yuborishga rozi bo'lishgan. Belgiyalik futbolchi katta ehtimol bilan 2010-2014 yillarda harakat qilgan "Kalyari" jamoasiga qaytishi kutilmoqda. Shuningdek, uning xizmatlariga "Zenit" tomonidan qiziqishlar bor.

Raja o'tgan mavsum "Inter" tarkibida 36 o'yinda qatnashib, 7 gol kiritishga erishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia