Nagelsmann Lemarning "Leyptsig"ga o'tishiga ishonmaydi: "Moliya bizning barcha istaklarimizning amalga oshishiga imkon bermaydi"

Alisher
2 okt 2020, 14:00
"RB Leyptsig" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Atletiko" yarim himoyachisi Toma Lemarning nemis klubiga o'tish ehtimoli haqida gapirdi.

"Lemar - katta imkoniyatlarga ega juda yaxshi futbolchi, u so'nggi paytlarda juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'ldi. Ammo klubning moliyaviy holati barcha istaklarimizni amalga oshirishga imkon bermaydi", - deydi Nagelsmann.

"Atletiko" 24 yoshli fransiyalik futbolchining ijarasi uchun 10 mln evro talab qilmoqda, shuningdek nemis klubi Lemarning 7 mln miqdoridagi maoshini to'lashiga to'g'ri keladi.

"Leyptsig" o'z navbatida xavbekning maoshining kam qismini to'lashga tayyor.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: getfootballnewsgermany.com