Nagelsmann go'shtli mahsulotlardan voz kechganini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
3 apr 2022, 12:52
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann go'shtli maxsulotlarni istemol qilmayotganiga bir oydan oshganini aytib o'tdi.

"Men uchun asosiy sabablardan biri - hayvonot olamidan zavq olish. Ularning hayotdagi harakatlarini ko'rish yoqadi.

Ikkinchi asosiy sabab esa - atrofdagi olamni himoyalash. Men uchun balki bu eng muhimrog'idir. Shu sababli men go'sht mahsulotlarini istemol qilmay qo'ydim", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Ushbu mavsumda "Bavariya" Nagelsmann qo'l ostida Bundesligada peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal