Nagelsmann: "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan muhim g'alabaga erishdik"

Mirjalol Normatov
23 okt 2022, 00:15
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Bundesligada "Xoffenxaym" mag'lub etilganidan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Bugungi o'yindan juda ham mamnunman. O'yin oson o'tmadi. Bu biz o'zimiz istayotgan yo'lda tashlangan qadam bo'ldi. Dastlabki bo'limda katta ishtiyoq bilan o'ynadik. Menimcha yakkakurashlarning 71 foizida g'alabaga erishdik. 4-5ta gol urishimiz ham mumkin edi.

Ikkinchi bo'limda esa barchasi ayon bo'ldi. "Xoffenxaym" oldinroq chiqqan holda himoyalanishni boshladi. Biz esa oldimizdagi "Barselona" va "Maync"ga qarshi o'yinlar oldidan o'zimizni asrashga harakat qildik. Chiroyli o'yin va muhim g'alabani qo'lga kiritdik", - dedi Nagelsmann.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia