Nadal "Real" – "Barsa" CHL finali haqida: "Bu bomba bo'lar edi"

Aslanov Jasurbek
22 mar 2025
Rafael Nadal "Barsa" va "Real" o'rtasidagi ehtimoliy CHL finali haqida fikr bildirdi.

"Aziyat chekishga to'g'ri keladi, lekin men chidayman. Ispan futboli uchun bu bomba bo'lar edi. Lekin chorak finalda turganingizda final haqida o'ylash mumkin emas.  

"Barselona" jozibali futbol ko'rsatayotgani haqiqat. Ular ajoyib mavsum o'tkazishmoqda va barcha sovrinlarga davogarlik qilishyapti.  

"Real" ham hech hisobdan chiqib qolgani yo'q, ular barcha sovrinlar uchun oxirigacha kurashadi.  

Hamma narsa sodir bo'lishi mumkin. Siz mavsumning final qismidasiz. Jarohatlar, og'ir jadval. Hamma narsa yuz berishi mumkin", – dedi sobiq tennischi va "Real" muxlisi Nadal.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN