Nachoga "Benfika" va "Valensiya" klublari qiziqyapti

16 avg 2020, 22:48
Madridning "Real" klubi himoyachisi Nacho Fernandes tez orada jamoani tark etishi mumkin.

30 yoshli futbolchiga "Benfika" va "Valensiya" jamoalari qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi A Bola.

"Qaymoqranglilar" ispaniyalik himoyachini 10 mln evro evaziga qo'yib yuborishi kutilmoqda.

Futbolchi La Liganing o'tgan mavsumida atigi 6 o'yinda maydonga tushdi. "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadigan Nacho 2001 yildan beri madridliklar tizimining vakili hisoblanadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: A Bola