Myunxendagi chempionlik bazmi (FOTOGALEREYA)

11 may 2014, 21:08
Germaniya gegemoni "Bavariya" jamoasining chempionlik bazmidagi eng sara fotolavhalarini tomosha qiling.

"Bavariya" klubi Germaniyaning 24-karra chempioni nomiga sazovor bo'ldi. "Gollivud" nomi bilan ataladigan Myunxen klubi vakillari ushbu chempionlikni o'z ananalariga sodiq qolgan xolda juda katta bazm qilib nishonlashdi. Avvaliga jamoa a'zolariga kechagi  "Shtutgart" bilan o'yindan keyin bosh sovrin topshirildi va futbolchilar stadionda muxlislar bilan bayramni ilk qismini nishonlashdi.

"Bavariya"ning butun chempionlik tarixi fotogalereyasi bilan ushbu sahifa orqali tanishib olishingiz mumkin.

Shundan so'ng jamoa a'zolari stadiondan chiqib Myunxen shahri bo'ylab "kumush lagan" bilan butun ishqibozlar qarshisida bayram tadbirlarini uyushtirishdi va g'alabani o'z suyuklilari ko'z oldida nishonlashdi. Ushbu orqali kechagi "Alyanc-Arena"dagi tadbir va chempionlik fotolavhalarini tomosha qilishingiz mumkin.

Keyinchalik esa futbolchilar o'z oila a'zolari va klub tizimida faoliyat yuritadigan barcha xodimlar sharafiga katta bazm uyushtirildi.

Kechki bazmda "Bavariya" klubi sobiq prezidenti, hozirda qamoqxonada o'z jazosini o'tayotgan Uli Xeness ham ishtirok etdi va jamoa a'zolari tabrikladi.

Ushbu tantanalar haqida qo'yidagi fotolavhalar orqali batafsil tanishib olasiz.


Shahboz Beg'amov


Manba: championat.asia