Myunxenda ham, Dortmundda ham…

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013, 17:00
2000 yil Luish Figuning “Barselona”dan “Real”ga, bir yildan keyin esa Andrea Pirloning “Inter”dan “Milan”ga o'tishi o'sha vaqtning eng shov-shuvli transferlari bo'lgandi.
2013 yilda 37 million evroga “Borussiya”dan “Bavariya”ga o'tgan Mario Gyotcening transferini ham shunday shov-shuvga qiyoslash mumkin.

Germaniya terma jamoasi futbolchisi Dortmunddan Myunxenga yoki Myunxendan Dortmundga o'tgan navbatdagi o'yinchi bo'ldi. Balkim bu o'tishlarning eng yorqini sifatida etti yil “Bavariya” akademiyasida tayyorlangan keyin Yurgen Klinsman tomonidan yaroqsizga chiqarilib asosiy tarkibdan chetda qolgan markaziy himoyachi Mats Xummelsni ko'rsatishimiz mumkin.

2009 yilning yozida “Borussiya”da bir yillik ijaradan keyin, u “Borussiya” bilan to'liq shartnoma imzoladi. Xummels hozir 24 yosh bo'lishiga qaramay nafaqat “Borussiya”ning balki terma jamoasining ham asosiy o'yinchisi bo'la oldi. Himoyachi sariq-qoralar bilan ikki karra mamlakat chempioni bo'ldi, 2012 yildagi Germaniya kubogi finalida “Bavariya” ustidan 5:2 hisobida qozonilgan g'alabada penaltidan gol ham urgan.

1999 yilda Kristian Nerlinger xam “Bavariya”dan “Borussiya”ga o'tgan. Dortmundda tug'ilib Myunxenda katta bo'lgan Kristian mahalliy grand bilan ikki marta bundesligani g'olibi bo'ladi. Bir marta Germaniya kubogi va 1996 yilda UEFA kubogini yutgan. 25 yoshida esa yarim himoyachi ona shahriga qaytgan. Shuningdek, Torsten Frings ham bu ikkala jamoada o'ynashga ulgurgan.

Bu ikkala Germaniya grandlari o'rtasidagi o'yinchilar transferi ikkala yo'nalishda ham ro'y bergan. Germaniya terma jamoasi o'yinchisi Tomas Xelmer 1992 yilgi Yevropa chempionatidan keyin “Bavariya” bilan shartnoma imzolaydi. 1989 yilda esa “Borussiya” bilan Germaniya kubogi golibi bo'ladi. Myunxendagi muvaffaqiyatli o'yinlaridan keyin uch karra bundesliga chempioni, bir marta mamlakat va UEFA kubogi sohibi boladi. Shuningdek u Germaniya terma jamoasiga EVRO-96 g'olibi bo'lishiga yordam beradi.

Shtefan Royter va Yurgen Koler  “Borussiya”da ko'zga ko'ringan figuralar bo'lgunicha 1990 yilda “Bavariya” bilan Germaniya chempioni bo'lishgan. “Yuventus”da o'ynaganlaridan keyin Dortmundga o'tganlar. Ottmar Xitcfeld boshchiligida 1996 yilda mamlakat chempionligini, 1997 yilda UEFA Chempionlar Ligasini qo'lga kiritishgan. Keyinchalik 2002 yilda ham Germaniya chempionligiga erishishgan.

Shuningdek, “Bavariya” boshqaruvidagi Karl-Xaync Rummeniggening ukasi Mixael Rummeniggeni ham unutmaslik kerak. Mixael 1988 yilda “Bavariya”dan “Borussiya”ga o'tguncha uch karra Germaniya chempioni bo'ladi. Yangi jamoasi bilan esa Germaniya kubogida g'alaba qozongan.

Tarixda o'yinchilar ikkala jamoada ham titullar sohibi bo'lganligini misollarda bildingiz. Oxirgi mavsumda myunxenliklar birdaniga uchta sovrin egasi bolishdi. Gyotcening esa Myunxenda ham muvaffaqiyatlar chetlab o'tmasligiga ishonchi komil, har holda u hali yosh va istedodli o'yinchi.

bavaria-munchen.ru saytidan Javlonbek Yusupov tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia