MYUning yozgi transferlar oynasi uchun byudjeti ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
6 mar 2022, 15:14
"Manchester Yunayted" rahbariyati jamoaga yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchilar xaridi uchun byudjet ajratdi.

"The Telegraph" xabariga ko'ra, byudjet avvalgidan ko'ra kamroq - 80 million funtni tashkil qiladi. Agarda jamoa YCHLga yo'llanma ololmasa bu summa 50 million funtga tushadi.

Ayni damda MYU APLda 47 ochko to'plagan holda 4-o'rinda bormoqda. Jamoa o'zidan 3 o'yin kam o'tkazgan "Arsenal"ni 2 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Bugun jamoani "Manchester Siti"ga qarshi derbi kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph