MYUning sobiq futbolchisi totalizatorda ishtirok etganlikda ayblanmoqda

Eldor Akmurzayev
16 apr 2019, 22:20
Angliya futbol ittifoqi (FA) MYUning sobiq futbolchisi Pol Skoulzga nisbatan ish ochdi.

Skoulz o'yinlarga noqonuniy pul tikishda ayblanmoqda. U 2015-yilning 17-avgustidan 2019-yilning 12-yanvariga qadar 140taga yaqin o'yinga pul tikkan. Totalizatorlarda qatnashish FA tomonidan taqiqlangan bo'lib, Skoulzga nisbatan yakuniy qaror 26-aprelda chiqariladi. 

44 yoshli Pol Skoulz 2011-yil butsalarini mixga ilgan. Biroq, kelasi yil yana futbolga qaytib, mavsum so'nggida futbol bilan hayrlashgan. Sobiq yarimhimoyachi butun faoliyatini qizil iblislarga bag'ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS