MYUning sobiq futbolchisi: "Sulsher hech nima qilgani yo'q"

Mirjalol Normatov
15 yanv 2019, 20:07
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Insning aytishiga ko'ra, bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher jamoada hali hech nima qilganicha yo'q.

"Olening ishlaridan xursand bo'lish shart emas.

Keling, to'g'ri bo'laylik: MYUda bundan-da yomon holat bo'lmagan. Bu o'yin sifatidan ko'rinib turgandi.

Tabassum-la Sulsher keldi va natijada futbolchilar o'z kuchini ko'rsatishni boshladi. U urushlarni bartaraf etdi. Ole buni zo'r uddalaydi.

Sulsher qilgan ishni istalgan inson bajara olardi. Futbolchilarning mahorati kuchli. Ularga erkinlik va ajoyib kayfiyat berish qiyin emas", - dedi Ins.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports