MYUning 2 futbolchisi “Tottenxem”ga qarshi bahsga tayyor
Eldor Akmurzayev
30 okt 2021, 08:25
“Manchester Yunayted” APL 10-turi doirasida bugun safarda “Tottenxem”ga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Ole-Gunnar Sulsher himoyachi Rafael Varan va hujumchi Antoni Marsyal safga qaytgani haqida aytib o'tdi.
“Tottenxem Xotspur Stedium”dagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi.