MYUni sotish jarayoniga 8-12 hafta ketadi, mavsum boshlanishiga yaqin ulgurish qiyin

Aziz Tukhtamuradov
16 iyun 2023, 09:15
"Manchester Yunayted"ni sotish jarayoni katta ehtimol bilan mavsum boshlangunga qadar tugamaydi.

Ushbu jarayonga 8-12 hafta vaqt ketadi. APLda yangi mavsum 11 avgust kuni boshlanishi va yangi xaridor kim ekanligi hisobga olinsa, klub yoz oxirigacha Gleyzerlar oilasi qo'lida qoladi. 

Britaniyalik milliarder Jim Retkliff klubni xarid qilish uchun asosiy da'vogar hisoblanmoqda. Sotuv narxi 6 milliard funtni tashkil qiladi. 

Avvalroq, Gleyzerlarga qatarliklar taklifi maqul kelayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Times