Myuller orden bilan mukofotlandi

3 dek 2019, 23:19
Myunxenning "Bavariya" klubi futbolchisi Tomas Myuller "Xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi.

Futbolchiga mukofotni Bavariya bosh vaziri Markus Zeder topshirgan.

"Men bunga ishonmagan edim. Bu men uchun katta sharaf. Men Bavariyaga, vatanimga juda qattiq bog'langanman", – deydi germaniyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq ushbu mukofot bilan Myunxen klubi sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger taqdirlangandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports