Myuller: "Levandovskining oldida ikkinchi hujumchi bo'la olmayman"

Aslanov Jasurbek
9 mar 2016, 16:10
"Bavariya" hujumchisi Tomas Myullerning fikricha, hujumdagi jamoadoshi Robert Levandovski bilan bir-birini yaxshi tushunadi.

Germaniya chempionatida urilgan 59 golning 40 tasini bu ikki futbolchi hisobiga yozilgan.

"Bir-birimizni yaxshi tushunamiz va golni his qilish qobiliyatiga egamiz. Bizga yaxshigina mukofot pullari berishyapti, murabbiy esa talabchan. Men va Robert raqib maydonida paydo bo'lsak, bu ular uchun qanchalik xavfli ekanligini yaxshi bilamiz. Ammo Levandovskining oldida ikkinchi hujumchi bo'la olmayman. Bizga rollarimizni ajratib berishlari kerak" - deydi Myuller.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild