Myuller "Bavariya" bilan shartnomasini qanday shartlar asosida uzaytirishini aytib o'tdi

Sherzod Nurmatov
25 noya 2023, 11:13
Tomas Myuller maoshini eski holatda saqlab qolmoqchi.

Germaniyaning "Bavariya" klubi hujumchisi Tomas Myuller klub bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi "Bild".

Biroq 34 yoshli Myuller maoshini o'z holicha saqlashni talab qilmoqda. Germaniyalik bu masalada yon bermoqchi emas. Myullerning amaldagi kelishuvi kelasi yozda tugaydi.

Tomas Myuller joriy mavsum "Bavariya" safida 14 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild