MYUdan so'ng, Dibalaga yana bir APL grandi qiziqib qoldi

Aslanov Jasurbek
19 mar 2019, 22:48
“Yuventus” forvardi Paulo Dibalaga Angliyaning “Liverpul” jamoasi qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, APLning boshqa bir grandi “Manchester Yunayted” ham futbolchini qo'lga kiritishga tayyorligi aytilgandi. Sky Sports’ning ma'lum qilishicha, “Liverpul” argentinalik futbolchi uchun 120 mln. funtdan voz kechishga tayyor.

Shuningdek, “Yuventus” mutasaddilari Dibalani “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi bilan almashish variantini ham ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports