MYU yozda Rangnikning maslahati bilan "Leyptsig" xavbeki Nkunkuni xarid qilmoqchi

Alisher
14 fev 2022, 16:53
"RB Leyptsig" yarim himoyachisi Kristofer Nkunkuga "Manchester Yunayted" qiziqmoqda.

MYU murabbiy Ralf Rangning maslahatidan so'ng 24 yoshli francuzni yozdagi transfer maqsadlari ro'yxatiga qo'shdi.

Manchester klubi Pol Pogbaning jamoadan ehtimoliy ketishi sabab yozda yarim himoyani kuchaytirmoqchi.

Klub skautlari bunga qadar ham hujumkor yarim himoyachi, ham ikki qanotda o'ynay oladigan Kristoferga e'tiborlarini qaratishmagan edi. Hozirda ular shunday vazifa olishdi.

Nkunkuning "Leyptsig" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'yinchi joriy mavsum 31ta o'yinda maydonga tushib, 19ta gol va 13ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN