MYU yoki "Arsenal" yangi ochiladigan stadionda o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
17 noya 2018, 20:13
"Tottenxem" stadionining ochilishi kechikishi mumkin.

Angliyaning "The Times" nashri xabariga ko'ra, yangi stadion keyingi yilning 13 yanvar kunida "Manchester Yunayted" yoki 2 mart kunidagi "Arsenal"ga qarshi derbi o'yinida ochilishi mumkin. Mutaxassislar aytilgan ikkinchi o'yinda stadion ochilishi haqiqatga yaqin ekanligini aytishmoqda.

Dekabr oyida "shporlar" ushbu stadionda o'tadigan ilk o'yin qachon bo'lishini rasman e'lon qilishlari kutilmoqda. "Tottenxem" "Uembli" stadionini 2018 yilning oxiriga qadar ijaraga olishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times