

Ma'lumotlarga ko'ra, xodimlarga klub egasi yozgacha o'zgarishini aytishdi. Demak, "Yunayted"ga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi narxni 6 mlrd funtdan tushirishi mumkin. Yangi rahbar bilan kelishuv aprl oxirigacha amalga oshishi kutilmoqda.
O'rtada vositachilik vazifasini bajarayotgan The Raine Group banki da'vogarlarga Gleyzerlar klubni to'liqligicha sotmoqchi ekanligini ma'lum qildi. Ikki Amerika fondi klubni sotib olish haqida o'ylayapti.



