MYU Xenderson bilan shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirdi

27 avg 2020, 01:45
"Manchester Yunayted" klubi matbuot xizmati darvozabon Din Xenderson bilan hamkorlik bitimi uzaytirilganini e'lon qildi.

23 yoshli angliyalik futbolchi 2025 yilgacha (+ 1 yilga uzaytirish imkoniyati) mo'ljallangan shartnomaga imzo chekkan.

Xenderson o'tgan mavsumni ijara asosida "Sheffild"da o'tkazgandi. U APLda 36 o'yinda maydonga tushib, 8 uchrashuvda darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/ManUtd