MYU Vidalga asosiy tarkibni kafolatlamoqda

Mirjalol Normatov
14 okt 2018, 19:29
"Manchester Yunayted" "Barselona" yarim himoyachisi Arturo Vidalning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Football Espana" xabariga ko'ra, mankunianliklar Kataloniya klubida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan 31 yoshli chililikka asosiy tarkibni kafolatlamoqda. "Iblislar" yarim himoyachi bilan qishdayoq shartnoma imzolamoqchi.

Bu mavsumda Vidal 1 martagina "Barselona"ning asosiy tarkibida o'ynadi. Umumiy hisoblaganda u 176 daqiqa davomida maydonda bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana