MYU va "Liverpul"ning sobiq futbolchilari muxlislarining noroziligiga munosabat bildirdi

Eldor Akmurzayev
2 may 2021, 22:25
APL 34-turidan o'rin olgan bugungi “Manchester Yunayted” hamda “Liverpul” uchrashuvi mezbon jamoa muxlislarining tartibsizlik keltirib chiqargani tufayli boshqa muddatga qoldirildi.

Ishqibozlar “qizil iblislar” rahbariyatidan norozi bo'lmoqda.

“O'ylashimcha, “Yunayted” muxlislarini toqati toq bo'ldi. Ular klubni sevishadi va bu nafrat nafaqat oxirgi bir necha hafta, balki yillar davomida shakllanib keldi. Bunday norozilik bilan o'yinning bekor qilinishiga olib kelish juda ko'p narsani anglatadi! Ushbu muxlislarni faqatgina olqishlash mumkin, ularni tanqid ham qilolmayman”, deydi Roy Kin.

“Gleyzerlar bo'lgan voqeada faqat o'zlarini ayblashlari mumkin. “Yunayted” muxlislarining bugungi harakatini maqullayman. Futbol klublarida sodir bo'layotgan noto'g'ri ishlarga qarshi norozilik namoyishlarini to'liq qo'llab-quvvatlayman”, deydi Jeymi Karrager.

“Yaqinda Joel Gleyzer o'z murojaatida muxlislarning ishonchini qaytarishni istayotgani haqida aytgandi. Biroq, u hech qachon bu ishonchga ega bo'lmagan”, deydi Gari Nevill.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport