MYU va "Liverpul" PSV o'yinchisi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
25 avg 2021, 16:28
PSV hujumchisi Noni Madueke faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

O'yinchi uchun "Manchester Yunayted" va "Liverpul" klublari bosh da'vogar hisoblanishadi.

Angliyalikka shuningdek "Tottenxem" ham qiziqmoqda. Maduekening PSV bilan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan, shu sabab Niderlandiya klubi 18 yoshli o'yinchi uchun kamida 40 mln evro so'ramoqda.

Madueke "Tottenxem" akademiyasida to'p tepgan, ammo u 2017 yildan beri PSVning turli yoshdagi jamoalarida o'ynagan. U o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 9ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail