MYU va "Aston Villa" "Chelsi" futbolchisiga da'vogar. Londonliklar mo'maygina pul ishlab olmoqchi

Sherzod Nurmatov
14 iyul 2025, 12:37
"Manchester Yunayted" va "Aston Villa" "Chelsi"ga senegallik hujumchi Nikolas Jeksonning transferi bo'yicha rasmiy so'rov yubordi.

Bu haqda Nabil Jellit xabar berdi.

Manbaga ko'ra, londonliklar 24 yoshli hujumchining Transfermarkt'dagi narxi 50 million evro bo'lishiga qaramay, uni 70 million evroga baholamoqda.

Futbolchining kelajagi borasida qaror tez orada qabul qilinadi.

Jekson o'tgan mavsum 37 o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/nabil_djellit