MYU urugvaylik forvard bilan muzokara o'tkazyapti

3 okt 2020, 23:11
"Manchester Yunayted" mutasaddilari PSJning sobiq hujumchisi Edinson Kavanining agentlari bilan muzokara olib bormoqda.

Bu haqda italiyalik jurnalist Fabricio Romano ma'lum qildi. 33 yoshli futbolchi agentlari orqali uzoq muddatli shartnoma so'ragan. U "qizil iblislar" safida yiliga 10 mln evro maosh olishni xohlayapti.

MYU rahbariyati bu shartlarga rozi emas, ammo muzokaralar jarayoni davom etmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/FabrizioRomano