MYU Sulsher iste'foga chiqsa, o'rniga Rojersni olib kelishi mumkin

Alisher
29 okt 2021, 14:33
"Manchester Yunayted" agar murabbiy Ole-Gunnar Sulsher jamoadagi vaziyatni o'zgartira olmasa, unga o'rinbosar qidirmoqda.

Agar Sulsher iste'foga chiqarilsa, manchesterliklar "Lester"dan Brendan Rojersni tayinlashga urinib ko'rishadi.

48 yoshli mutaxassisning nomzodi "Yunayted" rahbarlari orasida qo'llab-quvvatlanmoqda.

Qayd etish kerakki. Sulsher uchun keyingi ikki o'yin ("Tottenxem" va "Atalanta"ga qarshi) hal qiluvchi bo'ladi.

Rojers "Lester"ga qadar "Seltik" va "Liverpul" jamoalari ishlagan. U mersisaydliklar bilan 2013/14 yilgi mavsumda APLda ikkinchi o'rinni olgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN