MYU sobiq sardori: “U Ronalduning yoshligini eslatmoqda”

Eldor Akmurzayev
9 avg 2022
“Manchester Yunayted” sobiq a'zosi Roy Kin “Manchester SIti” forvardi Erling Xoland haqida fikr bildirdi.

Xoland Angliya chempionatidagi debyutida “Vest Xem” darvozasiga ikkita gol urdi.

“Premer-Ligadagi himoyachilarga omad tilab qolmoqchiman. Xoland APLdagi debyut mavsumida 30-40 ta gol uradi. Bu yigitcha Ronalduning yoshligini eslatmoqda, u raqib jarima maydonida juda faol”, deydi Kin.

Eslatib o'tamiz, “sharahliklar” keyingi turni 13 avgust kuni o'z maydonida “Bornmut”ga qarshi o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports