MYU Rangnik qo'l ostida hali yutqazmadi: 3 ta g'alaba, 2 ta durang

Aziz Tukhtamuradov
31 dek 2021, 08:42
"Manchester Yunayted" APLning 20-turida "Byornli"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

Bu o'yin Ralf Rangnik uchun MYU bosh murabbiyi sifatidagi beshinchi uchrashuv bo'ldi.

Germaniyalik mutaxassis yangi klubida hozircha 5 ta o'yinda 3 ta g'alaba va 2 ta durang qayd etdi. 

Ayni paytda MYU 18 ta o'yindan so'ng 31 ochko to'plab, turnir jadvalida 6-o'rinni egallab turibdi. 

Jamoa navbatdagi o'yinni 3 yanvar kuni o'z maydonida "Vulverxempton"ga qarshi o'tkazadi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia