MYU Pogbani APLning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchisiga aylantiradi

Alisher
21 iyun 2021, 13:11
"Manchester Yunayted" rahbariyati yarim himoyachi Pol Pogbaga mehnat shartnomasi taklif qilishni rejalashtirmoqda.

"Qizil iblislar" fransiyalik xavbekni Angliya chempionatining eng yuqori maosh oluvchi o'yinchisiga aylantirishmoqchi.

Manchesterliklar Pogbaga 5 yillik shartnoma taklif qilishadi, unga ko'ra, futbolchining maoshi haftasiga 400 ming funtni tashkil qiladi. Tomonlar Evro-2020da so'ng shartnoma imzolashadi.

Pol MYUda 2016 yilning avgust oyidan beri o'ynaydi. Uning manchesterliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun