MYU Pogba yangi shartnoma imzolashiga ishonmayapti. Klub uni PSJga sotib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2021, 23:58
Pol Pogba "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin.

ESPN nashrining xabar qilishicha, Manchester klubi futbolchi yangi shartnoma imzolashiga ishonmayapti. Ommaga bu boradagi muzokaralar davom etayotgani e'lon qilingan bo'lsa ham, aslida klub allaqachon bu ish amalga oshishi juda qiyinligini anglab turibdi. MYU futbolchini shu yozning o'zida PSJ klubiga sotib yuborish niyatida. 

Eslatib o'tamiz, Pol Pogbaning amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Agar MYU fubolchi bilan yangi shartnoma imzolamasa, u holda keyingi mavsumda Pogbani bepul qo'yib yuborishiga to'g'ri keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN