MYU o'tgan yilning eng yaxshi darvozaboniga rasmiy taklif bilan chiqdi

Khoja
16 iyul 2025, 09:16
"Manchester Yunayted" "Aston Villa" darvozaboni Emiliano Martinesni qo'lga kiritish uchun rasmiy taklifni yubordi.

"Qizil iblislar" darvozabonning transferi uchun 20 million funt taklif qilishgan. Hozircha tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda. Biroq hali kelishuvga erishilmagan.

Avvalroq, Argentina safida jahon chempioni bo'lgan darvozabon MYUga o'tishga rozilik bergani haqida xabar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, Emiliano Martines o'tgan yil yakunlariga ko'ra UEFAning eng yaxshi darvozaboni deb tan olingandi. 32 yoshli darvozabon o'tgan mavsum 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 bahsda o'z darvozasini daxlsizligini saqlab qolgan. Uning "Aston Villa" bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com