

Taniqli insayder Fabricio Romano ma'lumotiga ko'ra, London klubi "Aston Villa" bilan 33 yoshli argentinalik darvozabon transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan.
Transfer qiymati 7,5 million funtni tashkil etadi.
The Athletic ma'lumotiga ko'ra, Martines "Chelsi" bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Kelishuvda shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham bo'ladi.
Martines o'tgan mavsum APLda "Aston Villa" safida 32 ta uchrashuv o'tkazib, 39 ta gol o'tkazib yuborgan.



