MYU Igalo sotib ololmasligi mumkin, "Shanxay Shenxua" unga juda katta maosh taklif qilmoqda

Tolibjon Qosimov
27 mar 2020, 06:27
"Manchester Yunayted"da ijara asosida to'p tepayotgan "Shanxay Shenxua" hujumchisi Odion Igalo Xitoy klubidan yangi shartnoma bo'yicha taklif oldi.

Aytish mumkin-ki, xitoyliklarning yangi taklifida moliyaviy tomonlar ancha yaxshilangan.

"Sky Sports"ning xabar berishicha, shanxayliklar Igaloga haftasiga 450 ming evrolik maosh bilan 2 yillik shartnoma taklif qilishmoqda.

Oldinroq, MYU Odionni sotib olishga tayyorligi va u uchun 15 mln funt to'lashi ham mumkinligi xabar qilingandi.



Eslatib o'tamiz, Igalo "Yunayted" uchun 8 o'yinda 4ta gol urdi.

Igalo: "MYU uchun jonimni berishga ham tayyorman"

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: skysports.com