

El Chiringuito xabariga ko'ra, chililik futbolchi Manchestyerda o'zini noqulay xis qilmoqda. Ma'lum bo'lishicha, u jamoadoshlari bilan chiqisha olmayapti.
Aleksis qishki transferlar oynasi vaqtida "Real"ga o'tishi mumkin. Bu borada uning agenti Fernando Felicevich ishlarni olib bormoqda. Uning "qirollik klubi"ga o'tishi bo'yicha yagona muammo maoshi bo'lishi mumkin. "Real" unga MYUdagidan kamroq maosh to'laydi.
Sanches bunga qadar ham LaLigada o'ynagan. 2011-2014 yillar davomida chililik "Barselona" tarkibida harakat qilgan.


