

"U juda ham kuchli va jamoa uchun barqarorlik, hujum va himoya o'rtasida yaxshi balans va g'oliblik mentalitetini beradi deb o'ylayman. Uning maydonda kuchli xarakteri bor", - deydi Varan.
Kazemiro "Manchester Yunayted"ga "Real"dan o'tdi, u ispan klubi bilan 18ta sovrin yutgan.
Bitim narxi 70,65 million evroni tashkil etdi. Uning "qizillar" bilan shartnomasi bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2026 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.




