

Insayder Janluki Di Marcio xabariga ko'ra, o'tgan mavsumni Xetafeda o'tkazgan Grinvudni Rim klubi o'z safida ko'rmoqchi. Lacio angliyalik vinger uchun MYUga 20 million evro taklif qilgan. Shuningdek, keyingi transferidan 50 foiz mablag'ni berishini bildirgan. Ammo Manchester klubi taklifni rad etgan.
Grinvud yakunlangan mavsum 36 o'yinda 10ta gol va 6ta assistga mualliflik qilgandi.



