"Manchester Yunayted"ning fransiyalik forvardi Antoni Marsyal keyingi yozda "Inter" a'zosiga aylanishi mumkin.
Bu haqda "The Sun" ma'lumot tarqatdi.
22 yoshli futbolchi mankunianliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmayapti. Chunki, u Joze Mourinyu jamoa boshqaruvida qolar ekan o'zini asosiy tarkibda ko'rmayapti.